Maxfiylik
Kuchga kirgan sana: 2026-11-02
Bu sahifa Yozma ilovasi va sayti qanday maʼlumotlar bilan ishlashini tushuntiradi. Yozma hozir sinov bosqichida.
Kompyuteringizda qoladigan narsalar
- Ovoz diskka yozilmaydi. U faqat xotirada turadi. Matn tayyor boʻlgach oʻchiriladi. Xato boʻlsa, qayta urinish uchun 5 daqiqagacha xotirada turadi.
- Diktantlar tarixi. Faqat kompyuteringizda, shifrlangan holda saqlanadi. Muddatini oʻzingiz tanlaysiz yoki umuman saqlamaysiz.
- Lugʻat, qisqartmalar, sozlamalar. Kompyuteringizda.
Ishlash uchun kerak boʻladigan maʼlumotlar
- Ovoz va matn. Matnga aylantirish va siz yoqqan tahrirlash uchun shifrlangan ulanish orqali yuboriladi, lugʻatingizdagi soʻzlar ham yuborilishi mumkin. Serverimiz ularni saqlamaydi.
- Akkaunt. Kirish uchun ism va email.
- Hisob raqamlari. Soʻz limiti uchun soʻz soni va davomiylik. Matn emas.
- Sozlashdagi savollar. Javob berish shart emas, akkaunt oʻchirilganda oʻchadi.
- Toʻlov. Buyurtma raqami, tarif va summa. Karta maʼlumoti bizga kelmaydi. Toʻlov yozuvlari soliq talabi uchun akkaunt oʻchirilgandan keyin ham ismsiz saqlanadi.
- Xato hisoboti. Ilova ishdan chiqsa, versiya va koddagi joy yuborilishi mumkin. Matn, ovoz va lugʻat yuborilmaydi.
Yordam berish uchun Yozma jamoasi akkaunt maʼlumotlari, tarif va soʻz sonini koʻra oladi. Aytgan gapingizni koʻrmaydi.
Bu ishlar uchun ishonchli xizmat koʻrsatuvchilardan foydalanamiz, ular Oʻzbekistondan tashqarida ham boʻlishi mumkin. Yopiq sinovdagi akkauntlarda xizmat koʻrsatuvchi yuborilganni oʻz mahsulotini yaxshilash uchun ishlatishi mumkin, bu haqda sinovchilarga alohida aytiladi. Foydalanish orqali shularga rozilik bildirasiz.
Nimalar qilinmaydi
- Maʼlumotlaringiz sotilmaydi va reklama uchun ishlatilmaydi.
- Ilova ekraningizni oʻqimaydi. Klaviatura ilgagi faqat diktant tugmasi va Yozma tugmalariga javob beradi, yozganlaringizni yozib olmaydi.
- Hozir ovoz yigʻilmaydi. Kelajakda model yaxshilash uchun ovoz soʻralsa, bu alohida va ochiq rozilik bilan boʻladi, istalgan vaqtda qaytarib olasiz.
Sizning huquqlaringiz
- Tarixni ilovada istalgan vaqt tozalaysiz.
- Akkauntni ilovada oʻchirasiz. Ism, email va kirish yozuvlari oʻchiriladi. Roziliklar jurnali sizni koʻrsatmaydigan holda dalil sifatida qoladi.
- Savol yoki soʻrov uchun quyidagi manzilga yozing.
Yosh
18 yoshga toʻlmaganlar faqat ota-ona yoki vasiy roziligi bilan foydalanadi.
Oʻzgarishlar
Bu sahifa oʻzgarsa, yuqoridagi sana yangilanadi. Muhim oʻzgarishlar shu saytda eʼlon qilinadi.