Foydalanish shartlari
Kuchga kirgan sana: 2026-11-02
Yozma ilovasini oʻrnatish yoki undan foydalanish orqali shu shartlarga rozilik bildirasiz.
Xizmat
Yozma nutqni matnga aylantiradi va kursor turgan joyga kiritadi. Xizmat hozir sinov bosqichida, oʻzgarishi yoki vaqtincha toʻxtashi mumkin.
Akkaunt
Kirish uchun Google yoki Telegram ishlatiladi. Akkauntingiz xavfsizligi uchun oʻzingiz javobgarsiz. Akkauntni ilovada istalgan vaqt oʻchirasiz.
Tariflar
Free: haftasiga 1 000 soʻz. Plus: oyiga 59 000 soʻm, 30 kunga 12 000 soʻz. Pro: oyiga 129 000 soʻm, 30 kunga 30 000 soʻz. Custom: hajmi va narxi alohida kelishiladi. Soʻz tugasa, davr oxirigacha Free limiti ishlaydi. Yana toʻlansa soʻzlar darhol qoʻshiladi va muddat 30 kunga uzayadi. Promo kod bilan tarif maʼlum muddatga bepul berilishi mumkin. Limit yoki narx oʻzgarsa, saytda oldindan eʼlon qilinadi, toʻlangan davr shartlari oʻzgarmaydi.
Toʻlov va ommaviy oferta
Toʻlov ochilgach, bu shartlar Fuqarolik kodeksining 369-moddasi boʻyicha ommaviy oferta boʻladi, toʻlov esa uni qabul qilish hisoblanadi. Hozir toʻlov yopiq. Sotuvchining nomi, STIR va manzili toʻlov ochilganda shu yerda koʻrsatiladi. Toʻlov Payme yoki Click orqali soʻmda qilinadi. Avtomatik yechilmaydi: har 30 kun uchun oʻzingiz toʻlaysiz. Har toʻlovga fiskal chek beriladi.
Pulni qaytarish
Toʻlovdan keyin 7 kun ichida va shu davrda 1 000 soʻzdan kam ishlatilgan boʻlsa, pul toʻliq qaytariladi. Xizmat bizning aybimiz bilan ishlamagan boʻlsa, ishlamagan vaqtga mutanosib qaytariladi. Qaytarilganda toʻlov bergan muddat va soʻzlar bekor boʻladi. Soʻrov uchun quyidagi manzilga yozing. Qonunda belgilangan huquqlaringiz bu bilan cheklanmaydi.
Matnga javobgarlik
Nutqni tanish xato qilishi mumkin. Muhim matnni yuborishdan oldin tekshiring. Ilova chiqargan matn uchun javobgarlik uni ishlatgan odamda.
Taqiqlanadi
- Xizmatni qonunga zid maqsadda ishlatish.
- Oʻzgalar ovozini ruxsatsiz yozib olish.
- Limitlarni chetlab oʻtish, xizmatni buzishga urinish yoki kalitlarini ajratib olish.
Mulk
Siz aytgan va yozgan matn sizniki. Yozma nomi, ilova va sayt Yozma’niki.
Kafolat va javobgarlik
Xizmat “boricha” taqdim etiladi. Qonun ruxsat bergan darajada Yozma bilvosita zarar, yoʻqolgan foyda yoki maʼlumot uchun javob bermaydi.
Toʻxtatish
Ilovani oʻchirib, foydalanishni istalgan vaqt toʻxtatasiz. Shartlar buzilsa, Yozma akkauntni toʻxtatishi mumkin.
Qonun
Shartlarga Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari qoʻllaniladi.
Oʻzgarishlar
Shartlar oʻzgarsa, yuqoridagi sana yangilanadi. Muhim oʻzgarishlar shu saytda eʼlon qilinadi.