Yozmang,
gapiring.
Nutqni istalgan dasturda toza, tayyor matnga aylantiradigan ovozli yozuv.
Hamma ilovada ishlaydi
Yozishdan 3 baravar tez
Odam odatda daqiqasiga 40 soʻz yozadi, lekin 130 soʻz aytadi.
Ishonmaysizmi? Oʻzingiz sinab koʻring
Quyidagi matnni yozing. Vaqt birinchi harfdan boshlanadi.
Oʻzbekistonda ertalab bozorga borgan odam gʻoʻza, oʻrik va yangi non haqida gaplashadi.
Sizga moslashadi
Siz qanday ishlasangiz, shunday yozadi
Завтра созвон bor, deadline ni surdik.
Uch til bitta gapda
Ruscha soʻz ruscha, inglizcha soʻz inglizcha qoladi. Tarjima qilinmaydi. Lotin yoki kirill, oʻzingiz tanlaysiz.
- + Yangi soʻz qoʻshishPaymeSamarqandToshkentTelegram
Lugʻatingizni oʻrganadi
Ismlar, kompaniyalar va atamalarni qoʻshing. Keyingi safar toʻgʻri yoziladi.
- “manzilim”→Toshkent, Chilonzor 5, 12-uy
Qayta-qayta yozmaysiz
Manzil, karta yoki tayyor javobni saqlang. Bir soʻz aytsangiz, toʻliq matn chiqadi.
RasmiySalom, ertaga tushlikka chiqamizmi? Soat 12 da boʻlsa, menga qulay.
ErkinSalom, ertaga tushlikka chiqamizmi? Soat 12 da boʻlsa menga qulay
Juda erkinsalom ertaga tushlikka chiqamizmi soat 12 da boʻlsa menga qulay
Har joyga oʻz uslubi
Doʻstga erkin, ishga rasmiy. Yozma qaysi dasturda ekaningizga qarab yozadi.
Ichkaridan shunday koʻrinadi
Tarix, lugʻat, qisqartmalar, uslub va tezligingiz tahlili.
Boshlash oson
Hammasi atigi 3 qadamda
Tugmani bosib turing
Caps Lock yoki oʻzingiz tanlagan tugma. Istalgan dasturda.
Oddiy gapiring
Oʻzbekcha, ruscha, inglizcha. Ee, hmm va takror soʻzlar tushib qoladi.
Qoʻyib yuboring
Tayyor matn kursor turgan joyda paydo boʻladi.
Ertaga soat oʻnda oʻgʻlimni maktabga olib boraman, keyin ofisga kelaman.
Ovozingiz sizniki
Diskka yozilmaydi
Ovoz faqat xotirada turadi va matnga aylangach oʻchiriladi.
Tarix kompyuteringizda
Matnlar shifrlangan holda saqlanadi, muddatini oʻzingiz tanlaysiz.
Serverda qolmaydi
Ovoz matnga aylantirish uchun oʻtadi va saqlanmaydi.
Narx
Avtomatik yechilmaydi. Har oy oʻzingiz toʻlaysiz, xohlamasangiz toʻlamaysiz.
Free
0 soʻm
1 000 soʻz / hafta
- Barcha funksiyalar ochiq
- Bitta diktant 5 daqiqagacha
- Barcha tillar va yozuvlar
- Lugʻat, qisqartma va uslublar
Plus
59 000 soʻm / oy
12 000 soʻz / oy
- Free tarifidagi hamma narsa
- Bitta diktant 20 daqiqagacha
- Uzun gaplar oʻzi boʻlaklanadi
- Soʻz tugasa Free limiti ishlab turadi
Toʻlov tez orada ochiladi. Hozircha promo kod bilan.
Pro
129 000 soʻm / oy
30 000 soʻz / oy
- Plus tarifidagi hamma narsa
- Bitta diktant 60 daqiqagacha
- Bir soʻz eng arzon shu yerda
Toʻlov tez orada ochiladi. Hozircha promo kod bilan.
Custom
Narx kelishiladi
Soʻz sonini birga tanlaymiz
- Tashkilot yoki koʻp yozadiganlar uchun
- Bitta diktant 60 daqiqagacha
Koʻp soʻraladigan savollar
Yozma qaysi dasturlarda ishlaydi?
Matn yoziladigan deyarli hamma joyda: Telegram, Word, brauzer, elektron pochta va boshqalarda. Hech narsani ulash kerak emas, tugmani bosib gapirsangiz boʻldi. Xavfsizlik uchun parol maydonlariga matn yozmaydi. Windows va M1 yoki undan yangi Mac kompyuterlarida ishlaydi.
Qaysi tillarni tushunadi?
Oʻzbek, rus va ingliz tillarini, hatto bitta gapda aralash gapirsangiz ham. Soʻzlar tarjima qilinmaydi, aytganingizdek qoladi. Natijani lotin yoki kirill yozuvida olishni oʻzingiz tanlaysiz.
Aytganlarim maxfiy qoladimi?
Ha. Ovozingiz faqat matnga aylantirish uchun shifrlangan ulanish orqali yuboriladi, diskka yozilmaydi va serverimizda saqlanmaydi. Diktantlar tarixi kompyuteringizda shifrlangan holda turadi. Batafsili maxfiylik siyosatida.
Internet kerakmi?
Ha, nutqni matnga aylantirish internet orqali ishlaydi. Aloqa uzilib qolsa xavotir olmang: ovozingiz 5 daqiqagacha xotirada turadi va bitta tugma bilan qayta yuboriladi.
Bepul soʻzlar tugasa nima boʻladi?
Har hafta 1 000 soʻz bepul beriladi va keyingi hafta limit yangilanadi. Koʻproq kerak boʻlsa, Plus yoki Pro tarifiga oʻtasiz. Kartangizdan hech narsa avtomatik yechilmaydi.
Windows ogohlantirish koʻrsatyapti, bu xavflimi?
Xavotirga oʻrin yoʻq. Yozma hali raqamli imzoga ega emas, shuning uchun Windows uni notanish dastur deb ogohlantiradi. «Batafsil», keyin «Baribir ishga tushirish» ni bosing.
Endi sizga klaviatura kerak emas.
Yozma boʻlsa bas.
Oʻrnatish bir necha daqiqa oladi. Keyin tugmani bosib turib gapirasiz, xolos.







