Махфийлик
Кучга кирган сана: 2026-11-02
Бу саҳифа ҳозирча лотин ёзувида.
Bu sahifa Yozma ilovasi va sayti qanday maʼlumotlar bilan ishlashini tushuntiradi. Yozma hozir sinov bosqichida.
Kompyuteringizda qoladigan narsalar
- Ovoz diskka yozilmaydi. U faqat xotirada turadi. Matn tayyor boʻlgach oʻchiriladi. Xato boʻlsa, qayta urinish uchun 5 daqiqagacha xotirada turadi.
- Diktantlar tarixi. Faqat kompyuteringizda, AES-256 bilan shifrlangan holda saqlanadi. Kalit Windows hisob maʼlumotlari omborida turadi. Muddatini oʻzingiz tanlaysiz yoki umuman saqlamaysiz.
- Lugʻat, qisqartmalar, sozlamalar. Kompyuteringizda. Qisqartmaning matni shifrlanadi. Lugʻat, qisqartma soʻzi va sozlamalar shifrlanmaydi.
Serverga va xizmatlarga ketadigan narsalar
- Diktant vaqtida ovoz. Serverimiz orqali Clarion yoki Google Gemini’ga yuboriladi. Serverimiz uni saqlamaydi va matnini oʻqimaydi, faqat hajmidan davomiyligini hisoblaydi. Free tarifida qisqa diktant Gemini’ga, pullik tarifda Clarion’ga ketadi. Uzun diktant boʻlaklab Clarion’ga ketadi. Clarion javob bermasa yoki ruscha tanlangan boʻlsa, Gemini ishlatiladi.
- Clarion. Ovozni matnga aylantirgach oʻchiradi (zaxira nusxasi 24 soatgacha turishi mumkin), roziliksiz model oʻqitishga ishlatmaydi, serverlari Germaniyada.
- Google Gemini. Pullik tarifda yuborilganni mahsulotlarini yaxshilashga ishlatmaydi. Ilovada “Sinov rejimi” belgisi turgan boʻlsa, Google bepul tarifi ishlayapti: u yuborilganni mahsulotlarini yaxshilash uchun ishlatishi va odamlar koʻrishi mumkin. Bu rejimda shaxsiy matn aytmang.
- Lugʻat. Gemini yoʻlida oʻzingiz qoʻshgan lugʻat soʻzlari ham yuboriladi, chunki ular toʻgʻri eshitishga yordam beradi.
- Matnni tahrirlash. Faqat Oʻrta tozalash, Rasmiy oʻzbekcha yoki transformni oʻzingiz yoqsangiz yoki bossangiz, matn serverimiz orqali Google Gemini’ga yuboriladi. Serverimiz uni saqlamaydi. Transform bosilganda belgilangan matn nusxalash orqali olinadi, shuning uchun u Windows bufer tarixiga tushishi mumkin.
- Akkaunt. Kirish uchun Google yoki Telegram’dan ism va (Google boʻlsa) email olinadi.
- Hisob raqamlari. Soʻz limiti uchun har diktantning soʻz soni va davomiyligi. Matn emas.
- Sozlashdagi savollar. Qayerdan eshitganingiz, nima uchun ishlatishingiz va kasbingiz, agar javob bersangiz. Javob berish shart emas, akkaunt oʻchirilganda oʻchadi.
- Yozma egasi nimani koʻradi. Yordam berish va tarifni boshqarish uchun oʻz panelida ism, email, tarif, soʻz soni, ilova versiyasi, oxirgi kirish vaqti va shu savollarga javoblaringizni koʻradi. Aytgan gapingiz u yerda yoʻq, chunki server uni saqlamaydi.
- Toʻlov. Toʻlov ochilganda: buyurtma raqami, tarif va summa. Karta maʼlumoti bizga kelmaydi, u Payme yoki Click’da qoladi. Toʻlov yozuvlari soliq talabi uchun akkaunt oʻchirilgandan keyin ham ismsiz saqlanadi.
- Xato hisoboti. Ilova ishdan chiqsa, versiya va koddagi joy yuborilishi mumkin. Matn, ovoz va lugʻat yuborilmaydi.
Nimalar qilinmaydi
- Maʼlumotlaringiz sotilmaydi va reklama uchun ishlatilmaydi.
- Ilova ekraningizni oʻqimaydi. Klaviatura ilgagi faqat diktant tugmasi va Yozma tugmalariga javob beradi, yozganlaringizni yozib olmaydi.
- Hozir ovoz yigʻilmaydi. Kelajakda model yaxshilash uchun ovoz soʻralsa, bu alohida va ochiq rozilik bilan boʻladi, istalgan vaqtda qaytarib olasiz.
Sizning huquqlaringiz
- Tarixni ilovada istalgan vaqt tozalaysiz.
- Akkauntni ilovada oʻchirasiz. Ism, email va kirish yozuvlari oʻchiriladi. Roziliklar jurnali sizni koʻrsatmaydigan holda dalil sifatida qoladi.
- Savol yoki soʻrov uchun quyidagi manzilga yozing.
Maʼlumot chegaradan oʻtishi
Xizmatlarimiz Oʻzbekistondan tashqarida: Cloudflare (butun dunyo), Clarion (Germaniya), Google (AQSh va boshqa davlatlar). Akkaunt maʼlumotlari ham Cloudflare’da turadi. Ovoz faqat matnga aylantirish uchun uzatiladi va bizda saqlanmaydi. Foydalanish orqali shunga rozilik bildirasiz.
Yosh
18 yoshga toʻlmaganlar faqat ota-ona yoki vasiy roziligi bilan foydalanadi.
Oʻzgarishlar
Bu sahifa oʻzgarsa, yuqoridagi sana yangilanadi. Muhim oʻzgarishlar shu saytda eʼlon qilinadi.